Qarzdorlikni undirish maqsadida ko‘chmas mulk auksion savdosiga chiqarildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining  28.10.2020 yildagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismining "b", "v" bandlari va boshqa moddalari bilan sudlangan "Amilee Bahora xususiy bandlik agentligi" MCHJning mansabdor shaxslari T.J.  va R.B.lardan 252 nafar fuqaroviy da’vogarlar foydasiga jami 3 mlr. 837 mln.660 ming so‘m moddiy zararni undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdorga tegishli Samarqand shahar, Abul Mansur ko‘chasi, 8-yo‘lak, 1-manzilda joylashgan  0001-liter, 0002-liter, 0003-literdagi uy-joy binosi 1 mlrd. 245 mln. 356 ming so‘mga baholanib,
31.08.2021 yilda "E-IJROAUKSION" yagona elektron-onlayn savdo maydonchasida boshlang‘ich bahosi 871 mln. 749 ming so‘mga va 15.09.2021 yilda 1 mlrd. 245 mln. 356 ming so‘mga belgilangan holda bo‘lib o‘tgan auksion savdolarida xaridorlar tomonidan qiziqish bildirilmaganligi sababli sotilmagan.
Keyingi auksion savdosi 871 mln.749 ming so‘m boshlang‘ich narxda 15.11.2021 yilga belgilangan. Onlayn-auksion savdolarida qatnashish uchun e-auksion.uz sayti yoki 71-202-21-13 telefon raqamlari orqali qo‘shimcha ma’lumotlar olish mumkin.

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM