Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 28.10.2020 yildagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismining "b", "v" bandlari va boshqa moddalari bilan sudlangan "Amilee Bahora xususiy bandlik agentligi" MCHJning mansabdor shaxslari T.J. va R.B.lardan 252 nafar fuqaroviy da’vogarlar foydasiga jami 3 mlr. 837 mln.660 ming so‘m moddiy zararni undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdorga tegishli Samarqand shahar, Abul Mansur ko‘chasi, 8-yo‘lak, 1-manzilda joylashgan 0001-liter, 0002-liter, 0003-literdagi uy-joy binosi 1 mlrd. 245 mln. 356 ming so‘mga baholanib,
31.08.2021 yilda "E-IJROAUKSION" yagona elektron-onlayn savdo maydonchasida boshlang‘ich bahosi 871 mln. 749 ming so‘mga va 15.09.2021 yilda 1 mlrd. 245 mln. 356 ming so‘mga belgilangan holda bo‘lib o‘tgan auksion savdolarida xaridorlar tomonidan qiziqish bildirilmaganligi sababli sotilmagan.
Keyingi auksion savdosi 871 mln.749 ming so‘m boshlang‘ich narxda 15.11.2021 yilga belgilangan. Onlayn-auksion savdolarida qatnashish uchun e-auksion.uz sayti yoki 71-202-21-13 telefon raqamlari orqali qo‘shimcha ma’lumotlar olish mumkin.
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi.