Press tur

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mavzu: Paxtachi tumanida 2024-yilda doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha belgilangan rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

 

Paxtachi tumanda 2024 yilda aholini doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda bandligini ta’minlash uchun 18 040 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan;

Jumladan;

  • Xizmat ko‘rsatishni  rivojlantirish hisobiga  6 993 ta reja belgilangan bo‘lib, shundan doimiy ish o‘rinlariga 2 986 ta, mavsumiy ish o‘rinlariga 4007 ta yangi ish o‘rinlari,
  • Qishloq xo‘jaligida aholini doimiy va mavsumiy ishlarda band qilish hisobiga 9 188 ta, reja belgilangan bo‘lib, shundan doimiy ish o‘rinlariga 742 ta va 8 446 tasi mavsumiy ish o‘rinlari,
  • Yirik va hududiy investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 1 156 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yirik (tarmoq) investitsiya loyihalari 50 ta, xududidiy investitsiya dasturlari doirasida 1 106 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
  • Qurilish sohasida aholini doimiy va vaqtinchalik ishlarda band filish hisobiga 703 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Bundan tashqari;

2024-yilda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan jami 19 440 ta ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash belgilab olingan

Shundan;

  • 1350 ta ishsiz fuqarolar doimiy ish o‘rinlariga,
  • 776 ta haq to‘lanadigan jamoat ishlariga,
  • 85 ta subsidiya ajratish orqali ishsiz fuqarolarni bandliini ta’minlash belgilangan.

 

Shuningdek;

Hokim yordamchilari tomonidan ham bir qator rejalar belgilab olingan.

  • 360 ta yuridik korxonalar korxonalar tashkil etish hisobiga,
  • 663 ta yakka tartibdagi tadbirkor tashkil etish hisobiga,
  • 11 485 ta o‘zini-o‘zi band qilish (PQ-4742) hisobiga,
  • 3221 ta savdo, umumiy ovqatlanish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda norasmiy faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi va xizmatchilarni rasmiylashtirish natijasida qo‘shimcha ishchi o‘rni yaratish hisobiga,
  • 1500 ta kasb-hunrga o‘qitish hisobiga ishsiz band bo‘lmagan fuqarolarni bandligini ta’minlash belgilab olingan.

Bugungi kunda tumanda ishsiz aholi 1625 tani tashkil etadi.

Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan misollar:

“20 ming tadbirkor 500 ming malakali mutaxassis” dasturi dorasida tumandagi “Ziyovuddin silk” MChJ dastur doirasida belgilagan imtiyozlardan foydalangan holda 100 dona tikuv mashinkalari olib kelish hisobiga 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bundan tashqari; tumandagi “Paxtachi Agrohamkor tomorqa xizmati 2022” MChJ 20 nafar ishsiz band bo‘lmagan xotin-qizlarni kasanchilik yo‘nalishi bo‘yicha mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilib bugungi kunda harbiylar uchun mahsus dala yotoqlari tikib yetkazib bermoqda.     

 

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM