Munosabat

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishiga munosabat.

Prezident tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ–874-son, 31.10.2023 y) bilan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra: 

 Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish:

BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha (4 mln 950 ming so‘mdan 9 mln 900 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish, ushbu mazmundagi qarashlarni, g‘oyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, shuningdek bunday xatti-harakatlarni rag‘batlantirish:

BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha  (4 mln 950 ming so‘mdan 9 mln 900 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Bularning barchasi davlatimiz rahbariyatini jamiyatimizdagi ushbu salbiy illatga ko'rayotgan qonuniy chorasidir. Biroq jamiyatda odamlarning o'zaro munosabatida bu kabi illatlaga ma'naviy-ahloqiy munosabat choralar ko'rish holatlari yo'q darajada. Masalan qo'shxotinlikni va ayolarga zo'rovonlikka yo'l quyganlarni turli to'y marosimlarga, jamoaviy tadbirlarda qatnashsishini cheklash, qarz berishda qarindoshlar, mahalla ahlidan ayirib qo'yish holatlari keng tarqalsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. 

 

Husanov Abdumajid

Paxtachi tumani hokimligi axborot xizmati rahbari

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM