“Kitobsevarlar klubi” a’zolari uchrashuvi bo‘libdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Kuni kecha 20-dekabr kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi “Kitobsevarlar klubi” tashabbusi bilan Paxtachi tuman Oqtepa qishlog‘ida “Kitobsevarlar klubi” a’zolari uchrashuvi nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qaror ijrosini yanada takomillashtirish maqsadida aholini qiziqishlari va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish bo‘yicha muloqot uchun imkoniyatlar yaratish; kutubxonaning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini chekka-chekka hududlardagi aholi o‘rtasida tashkil qilish va o‘tkazish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirda Samarqand  viloyat A.S.Pushkin nomidagi AKM foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmat rahbari Mahbuba Kulova, shoir, akademik Ismat Sanaev, Paxtachi tuman hokimligi Axborot xizmati  Abdumajid Xusanov,  tuman IIB o‘rinbosari Mashrab Axmedov, Navoiy konchilik universtiteti fizika matematika kafedrasi mudiri Iso O‘rinov, “Yosh  kitobxon”  ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi g‘olibi Nargiza Do‘stmurodova va "SIZ efirdasiz" ko‘rsatuvni g‘olibi Hilola Eshniyozovalar ishtirok etishdi. Urganji mahalla raisi S.Egamov, Oqtepa mahallasi raisi V.Abdullaev, mahalla faol kitobxonlar va 11-maktab yosh iste’dodli kitobxonlar  ishtirok etishdi. 

Kitobsevarlar klubini tashkil etish, ommani kitobxonlikka jalb etish to‘g‘risida I.Sanaev, M.Axmedov, M.Qulovalar so‘zga chikishdi. Keng kitobxonlar kitobxonlik xaqida fikrlarini o‘rtoqlashdi. Navoiy konchilik universtiteti kafedra mudiri Iso O‘rinov o‘z ijodi joy olgan kitoblardan mahalla kutubxonasiga sovg‘a qildi. Faol kitobxonlar viloyat Axborot Kutubxona Markazi tomonidan "Kitobsevarlar klubi” a’zoligiga qabul qilindi. Faol ishtirokchilaridan 4 nafari viloyat kutubxona markazining "Tashakkurnoma"si bilan taqdirlandi.

  "Kitobsevarlar klubi” tadbiri "Og‘zaki xalq ijodida ayol timsoli" mavzusidagi  mahalla xotin-qizlari o‘rtasidagi davra suhbatiga ulanib ketdi. Mashhur Tumaris, Nodirabegim, timsolida sahna ko‘rinishi namoyish etilib, xotin-qizlar o‘rtasida jasur xalq qahromon ayollari haqida G.Rizaqulova, tuman AKM rahbari D.O‘tkirovalar so‘zga chiqib qadimda va hozirgi zabardast ayollar xizmatlari to‘g‘risida fikr bildirishdi.

 

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM