Matbuot anjumani

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tumanida 2023-yilda doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha belgilangan rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2022-yil 15-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan “Hududlarda yoqilg‘i energiyasi va ta’minotini yaxshilash tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan.

 Paxtachi tumanda 2023 yilda 21 954 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Jumladan;

  1. Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik hisobiga  7 226 ta reja belgilangan bo‘lib, shundan doimiy ish o‘rinlariga 4 034 ta, mavsumiy ish o‘rinlariga 889 ta va legallashtirish hisobiga 2 203 ta yangi ish o‘rinlari,
  2. Qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi sohalarida tashkil etiladigan yangi ish o‘rinlari hisobiga 14 225 ta, reja belgilangan bo‘lib, shundan doimiy ish o‘rinlariga 3116 ta va 11 109 tasi mavsumiy ish o‘rinlari,
  3. Investitsiya dasturlari doirasida 503 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, davlat investesiya dasturi doirasida 20 ta, xududidiy investesiya dasturlari doirasida 483 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Shundan, Joriy 2023-yil I choragida ya’ni yanvar-mart oylarida Paxtachi tumanda aholini bandligi ta’minlash bo‘yicha jami 3 107 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirigan bo‘lib, 6 145 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratilib, ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni bandligini ta’minlashga erishildi.

Jumladan:

  1. Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik hisobiga  1 461 ta reja belgilangan bo‘lib, yanvar-mart oylarida 3 259 ta ish o‘rinlari yaratildi.                                Shundan, doimiy ish o‘rinlariga 2 369 ta, mavsumiy ish o‘rinlariga 175 ta va legallashtirish hisobiga 715 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, ishsiz band bo‘lmagan fuqarolarni bandligini ta’minlashga erishildi.
  2. Qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi sohalarida tashkil etiladigan yangi ish o‘rinlari hisobiga 1 633 ta, reja belgilangan bo‘lib, 2 855 taga bajarilgan.

Shundan, doimiy ish o‘rinlariga 1 858 ta va 999 tasi mavsumiy ish o‘rinlari yaratilishi evaziga ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlashga erishildi.

  1. Investitsiya dasturlari doirasida 13 ta xududiy investesiya dasturlari doirasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan va yanvar-mart oylarida 31 ta ish o‘rinlari yaratildi.                                                      

         2023 yil yanvar-mart oylarida Kambag‘allikni qisqrtirish va bandlik bo‘limi tomonidan 217 nafar fuqarolar bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga markaz yo‘llanmasi asosida ishga joylashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 312 nafar fuqarolar yo‘llanmalar asosida ishga joylashtirildi.                 

         O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil
5 apreldagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 183-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-4804-son qaroriga asosan Tumanda 2023 yilning yanvar-mart oylari davomida  123 nafar fuqarolar kasb-xunarga o‘qitilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 138 nafar ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar kasb-hunarga o‘qitildi, Shundan 51 nafari yoshlar va 124 nafarini xotin-qizlar,  6 nafari nogironligi bo‘lgan shaxslarni tashkil etadi.                                                                                                                                2023 yilning yanvar-mart oylari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi “Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5140-son qaroriga asosan Paxtachi tumanida 7 ta kasb-hunarga o‘qitish maskanlarida 5 ta yo‘nalishlar bo‘yicha, ya’ni Tikuvchilik yo‘nalishida 56 nafar, Oshpaz-qandolatchi yo‘nalishida 49 nafar, Sartaroshlik yo‘nalishida 8 nafar jami  113 nafar ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar kasb-hunarga o‘qitildi.

Bundan tashqari, 25 nafar fuqarolar Samarqand va Navoiy shaharlaridagi “Ishga marhamat monomarkaz”larida turli yo‘nalishlar bo‘yicha kasb-hunarlarga o‘qitildi.                                                                                                                                 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi PQ-57-son qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 20 apreldagi 203-son  “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan Paxtachi tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 2 nafar nogironligi mavjud bo‘lgan fuqarolarni ishga qabul qilgan fuqarolarni ishga qabul qilgan tashkilotlarga subsidiya ajratilishi belgilangan bo‘lib, amalda  11 nafar nogronligi bo‘lgan fuqarolarni ishga qabul qilganligi uchun 4 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga subsidiya mablag‘lari ajratib berildi.                                                                                       

Bundan tashqari, 2023 yil yanvar-mart oylarida 3 ta “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarka”lari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 3 ta “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarka”lari tashkil etilgan va unda 92 ta korxona va tashkilotlar 590 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etgan. Ushbu mehnat yarmarkalarida 156 nafar ishsiz band bo‘lmagan fuqarolar jalb etilib, shundan 39 nafar fuqarolarga ishga joylashish uchun 11 nafariga kasb-hunar o‘qish uchun yo‘llanmalar berilib, bandligi ta’minlandi.  

         2023 yil yanvar-mart oylarida Paxtachi tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga fuqarolar va yuqori tashkilotlardan 331 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 168 ta murojaatlar ijobiy hal qilingan, 128 tasiga huquqiy maslahatlar berilgan va  35 ta tushuntirishlar berilgan.

    

Paxtachi tumani Kambag‘allikni

qisqartirish va bandlik bo‘limi                                        B.Azizov

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM