Paxtachida qishloq ayollari kuni paxta dalalarida nishonlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bugun "Nurbek Akram Paxtazori" fermer xoʻjaligi dalalarida hosil bayrami tantana qilindi.
Fermer 55 gektar paxta maydonidan 210 tonna oq oltin topshirib, reja 110% ga bajarildi.

Fermerning hosil bayramiga Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qumitasi boshligʻi oʻrinbosari Nodirbek Kamoliddinovich, Samarqand viloyat prokurori Masharipov Ravshan Rajabboyevich, Paxtachi tumani hokimi Xamdamov Muzaffar Yazdonqulovich, tuman prokurori Abdurahmonov Gʻulom Gʻofurovich hamda qishloq xoʻjaligi xodimlari ishtirok etishdi.

Bugun 15-oktabr - "Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan ilgʻor terimchilar taqdirlandi.

Fermerning hosil to'yida mahalliy sanʼatkorlar bilan bir qatorda Oʻzbekiston davlat felarmoniyasi Samarqand boʻlinmasi sanʼatkorlari,  Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Erkin Qaytarov, soʻz ustasi Fazliddin Boliqulov va xushovoz xonanda Guljahon Hakimovalar xizmatda boʻlishdi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM