Xalqaro musobaqa sovrindorlari hokim tomonidan taqdirlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shaxrida sportning Taekvondo VTF turi bo‘yicha 2021 yil 5-10 sentyabr kunlari  Xalqaro musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Qozog‘iston hamda Rossiya davlatlaridan kelgan sportchilar ishtirok etishdi.

Ushbu nufuzli musobaqada Paxtachi tumani Bolalar - o‘smirlar sport maktabining treneri Sanjar Bahronovning shogirtlari ham qatnashib faxrli o‘rinlarni egalladilar.

Jumladan: Yarashev Ramziddin 1 o‘rinni egallagan bo‘lsa, Bozorboyev Dilshod 2 o‘rinni, To‘xtashev Jasur 3 o‘rin hamda Haydarov Shaxobiddinlar 3 o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Ushbu sportchilarni Paxtachi tumani hokimi M.Xamdamov  yutuqlar bilan tabriklab qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi. Taekvondochi bolalarning ota-onalariga  tashakkur bildirib kelgusi musobaqalarda muvoffaqiyatlar tiladi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM