Hurmatli isteʼmolchilar!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Oʼzbekistonda havo haroratining keskin pasayishi hamda ehtimoliy yogʼingarchiliklar sababli, tabiiy va suyultirilgan gaz isteʼmoli, shuningdek, kundalik hayotda isitish moslamalaridan faol foydalanishning oshishi kutilmoqda.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, “Hududgaztaʼminot” AJ fuqarolardan yopiq gaz uskunalari, xususan, gaz plitalari, isitish va issiq suv uskunalari hamda dudburonlardan foydalanishdan oldin ularga texnik xizmat koʼrsatish kerakligini soʼraydi.

Shuni yodda tutish kerakki, is gazi bilan zaharlanish, yongʼinlar, gaz-havo aralashmasi va boshqa shunga oʼxshash hodisalar bilan bogʼliq favqulodda holatlar koʼpincha qoʼlbola isitish moslamalari (“tarakan” pechkasi, “qozonli pechka”, “sandal”), shuningdek, binolardagi havo kirish-chiqish tizimidagi (ventilyatsiya) nosozliklar tufayli sodir boʼladi.

“Hududgaztaʼminot” АJ xalqimizni isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʼlish, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qattiq rioya qilish lozimligi haqida iltimos qiladi.

Аgar sizda gaz taʼminoti bilan bogʼliq muammolar yuzaga kelganda, kecha-kunduz ishlovchi 1104 koll- markaziga, 104 avariya-dispetcherlik xizmatiga, shuningdek, tuman, shahar va viloyat gaz taʼminoti tashkilotlarining telefon raqamlariga (https://telegra.ph/Regionalnye-otdeleniya-AO-Hududgaztaminot-zapustili-k...) murojaat qilishingiz soʼraladi. Shuningdek, siz “Facebook” ijtimoiy tarmogʼining “Gaz taʼminoti muammolari va hal qilish yoʼllari” hamda “Oʼzbekiston uy-joy kommunal xoʼjaligi” ijtimoiy guruhlarida murojaat qoldirishingiz mumkin.

“Hududgaztaʼminot” АJ  yurtimizdagi har bir oilaga, har bir xonadonga  iliqlik, ezgulik va farovonlik  tilaydi.

“Hududgaztaʼminot” АJ matbuot xizmati

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM