Muallim – kamolot ichra ko‘zgudir

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tuman axborot kutubxona Oqtepa qishloq ko‘chma kutubxonasida 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan  “Muallim-kamolot ichra ko‘zgudir” adabiy badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga 11-umumta’lim maktabida faoliyat ko‘rsatgan eng yoshi ulug‘, keksa faxriy ustozlardan Halima Axmedova , Jursun Norova, Ra’no Qayumova, Nasiba Ebotova, Yoqutoy Qahhorova Zulfiya Qirg‘izovalar, shuningdek,  Tuman AKM direktori  D.O‘tkirova taklif etildi. Urganji va Oqtepa mahallalari faollari, shuningdek kutubxonaga hissa qo‘shgan faollar ishtirok etishdi.
     Tadbirni Urganji mahalla fuqarolar yig‘ini raisi To‘lqin Eshnazarov ochib berib, ustozlarni mahalla fuqarolari nomidan tabriklab, muborakbod etdi. Badiiy qismini ijodiy masalalar bo‘yicha 11-maktab targ‘ibotchisi Jurayeva Zarifa rahbarligida 9-sinf faol, iste’dodli o‘quvchilar bilan ustozlarga bag‘ishlangan she’r, qo‘shiqlar aytib, raqsga tushdilar, ustozlik mashaqqatlarini teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlar orqali yoritib berib, ustozlarga bo‘lgan tilak va tabriklarini aytib minnatdorchilik bildirishdi.
Shundan so‘ng so‘zga chiqqan Nozigul Nurboyeva o‘zining ijodidan  “Ustozlar”,” Ona” haqidagi she’rlarini aytib, dil ishorlarini ustozlarga bildirdi. Shundan so‘ng faol kitobxon Narxol Mamaniyozova ustozlarga bag‘ishlab, she’r va qo‘shiqlarini aytib tabrikladi. Tadbirda ishtirok etgan barcha tadbir qatnashchilari ustozlarni bayram bilan muborak bot etdilar. Tadbir so‘nggida ustozlarga Oqtepa va Urganji mahalla fuqarolar tomonidan tashkil etilgan  estalik kitob  sovg‘a qildilar.
Kutubxonani tashkil etish va kitob fondini shaklllarntirishda faol bo‘lgan ustozlardan Nasiba Ebotova, Muqaddam Hamroyeva, Ergash Axmedov, Murodulla Mirzayev, Ra’no Qayumova, Mehri Primova, Munojot Dovulovalar “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandilar.
Kutubxona faollardidan Ulug‘oy Ebotova, Oyrejab Eshmo‘minova, Mahfirat Jumayeva, Norhol Mamaniyozova, Oyro‘zi Suyunovalar ham “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandilar. Shuningdek, Paxtachi tuman AKM direktori Dilorom O‘tkirova va jamoasi yangi kutubxonaga uslubiy yordami va yuksak xizmatlari uchun “Tashakkurnoma ” bilan taqdirlandilar.
    Faxriy ustozlar kutubxona tadbiriga taklif etilgani, badiy qismlar chiroyli chiqib, xursand bo‘lganligini aytib, mahalla, kutubxona va maktab rahbariyatiga o‘zlarining chuqur minnatdorchiligini bildirib, yangi tashkil etilgan kutubxona faoliyatiga muvafaqqiyatlar tilashdi.
Tadbir juda maroqli  serfayz va sermazmun  o‘tib, barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

 

Marziya Yorqulova

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM