Bola puli kimlarga beriladi va qanday holatlarda rad etiladi?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bizda bolalar nafaqasi olishni istovchi yosh oilalar ko‘p. Ammo, nafaqa puli tayinlanishni so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning hammasiga ham nafaqa puli berilmaydi.

Xo‘sh, nima uchun? Bolalar nafaqasi o‘zi kimlarga beriladi?

Shu kabi savollarga Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Paxtachi tuman bo‘limi boshlig'i U.Bobomurodov javob berdi.

Bolalar nafaqasi tayinlashda qonunchilikka o‘zgartirish kiritildi, ya’ni 2021 yilning 21 oktyabrida Vazirlar Mahkamasining 654-sonli qarori bilan nizom tasdiqlandi, - Ilgari amalda bo‘lgan bolalar nafaqasi uch turga bo‘linardi.

Ya’ni 2 yoshgacha bolalar nafaqasi, 14 yoshgacha bolalar nafaqasi va moddiy yordam puli. Endi bu nafaqa turlari kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi deb belgilanib, kichik yoshdagi bolalar uchun 3 yoshgacha nafaqa, 18 yoshgacha nafaqa deb uzaytirildi.

Shu bilan birga moddiy yordam nafaqasi ham mavjud. Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi tayinlangan oilaning birinchi farzandi z yoshga to‘lgunicha 325,0 ming so‘m, agar 3 yoshdan katta bo‘lsa 250.0 ming so‘m, ikkinchi farzandi uchun 150 ming so‘m, uchinchi va undan keyingi farzandlariga uchun 100,0 ming so‘mdan nafaqa puli tayinlanadi.

Nafaqa tayinlashda oiladagi farzandlarining miqdori hisobga olinadi.

Masalan:Oilada 4 nafar farzandi uchun bolalar nafaqasi oladi.Birinchi farzandi uch yoshga to‘lmagan, birinchi farzandi uchun 325,0 ming, ikkinchi 150.0 ming, uchinchi 100,0 ming, to‘rtinchi farzandlari uchun 100.0 ming so‘mdan, bir oylik bolalar nafaqasi 675.0 ming so‘mni tashkil etadi.

Demak ushbu oila uchun 675.0 ming so‘m bolalar nafaqasi har oyda to‘lanadi.

Qanday holatda nafaqa berish rad etiladi?

Nafaqa tayinlashda oila a’zolarining o‘rtacha daromadi hisobga olinadi. Masalan, oilada faqat ota ishlasa, uning oylik maoshi oila a’zolariga teng taqsimlanadi, o‘rtacha daromad 498557,0 so‘mdan ortiq bo‘lsa, nafaqa berish rad kilinadi. Aksincha, oila a’zolarining o‘rtacha daromadi 498557,0 so‘mdan kam bo‘lsa, nafaqa tayinlanadi. Agar oilada yolg‘iz o‘zi farzandini tarbiyalayotgan onalar bo‘lsa, bunday oilaga nafaqa tayinlashda yengilliklar berilgan. Aksariyat holatda ishlamayotgan fuqarolarga nafaqa tayinlash rad etiladi. Boqimandalikning oldini olish maqsadida ishlamayotgan fukarolarga nafaqa va moddiy yordam tayinlash cheklab qo‘yilgan. Shuningdek, so‘nggi yetti yil ichida avtomashina sotib olgan fuqaroga, traktor yoki og‘ir avtomashinalari bor kishilarga ham nafaqa tayinlanmaydi. Bundan tashqari, oila a’zolaridan birining eng kam ish haqining 5 barobari yoki undan ortiq miqdorda banklarda qo‘yilgan omonatlari bo‘lsa, ularning nomida ikki va undan ortiq miqdorda ko‘chmas mulk bo‘lsa, nafaqa tayinlanmaydi.

Nafaqa olish uchun qayerga murojaat kilish kerak?

Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash uchun arizalar mahalla fuqarolar yig‘inlariga oila ushbu nafaqa yoki moddiy yordam olishni istayotgan oydan oldingi oyning 16-sanasiga qadar taqdim etiladi. Bunda yukorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatdan keyin berilgan arizalar belgilangan tartibda keyingi oyda ko‘rib chiqiladi. Fuqarolar nafaqa bo‘yicha arizalarni mahalla fuqarolar yig‘inlariga topshiradilar. Mahalla fuqarolar yig‘inlari har besh kunda kamida bir marotaba,biroq ariza berilgan oyning 19-sanasigacha barcha arizalarni jamlab Pensiya jamg‘armasiga topshiradi. Pensiya jamg‘armasi tomonidan ularning ma’lumoti yagona reyestr dasturiga kiritiladi. Bu yerda inson omili qatnashishi cheklangan. Mahalla ham, pensiya jamg‘armasi ham birovga yordam berib yoki uning nafaqasini rad kila olmaydi. Bunda yagona reyestr dasturi vazirliklar, idoralar ma’lumotlar bazasi bilan bog‘langan. Bu dasturning o‘zi har bir ariza uchun so‘rov xati yuboradi. Masalan, ilgari oylik ish haklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kamaytirib olib kelish holatlari kuzatilgan bo‘lsa, endi dastur fuqaroning soliqdan kancha daromad olayotgani va qayerda ishlayotganini so‘rab oladi. Yoki fuqaroning avtomashinasi bo‘lsa, bu hakda ham dasturga ma’lumot kelib tushadi. Ko‘chmas mulki ikki va undan ortiq bo‘lsa, kadastrdan ma’lumot kelib tushadi.

Mezonlarga to‘g‘ri kelgandan so‘ng dastur orqali nafaqa tayinlab beriladi. Nafaqani tayinlash muddati 12 oygacha. Masalan, iyul oyida tayinlangan nafaqaning muddati tugadi, avgust oyida oyidan fuqaro yana qayta murojaat qilishi mumkin. Unga sentyabr oyining 1 sanasidan boshlab nafaqa tayinlanadi. Moddiy yordam nafaqasi 6 oyga tayinlanadi.Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning kat’iy belgilangan bo‘lib, bugungi kunda oylik mikdori 380.0 ming so‘mni tashkil etadi. Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari Xalk bankining sayyor kassalari orqali fuqaroning xohishiga ko‘ra, nakd yoki plastik kartalar orqali beriladi. Nafaqa to‘lovlari har oyning 5-sanasidan 25- sanasigacha amalga oshiriladi.

Ijtimoiy nafaqalar ham Pensiya jamg‘armasi tomonidan beriladi.

Ijtimoiy nafaqalar uch turga bo‘linadi yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yukotganlik. Yoshga doir nafaqalar ish stajiga ega bo‘lmaganlarga, ya’ni 60 yoshdan ayollar, 65 yoshdan erkaklarga beriladi. Nogironlik nafaqasi tibbiy mehnat eksperti komissiyasi tomonidan nogironlik belgilangandan so‘ng tayinlanadi.Boquvchisini yuqotganlik nafaqasi fuqaro vafot etganda uning bolalariga tayinlanadi. Ijtimoiy nafaqalar qatiy miqdorda belgilangan bo‘ladi. Yoshga doir nafaqa umrbod tayinlanadi. Nogironlik nafaqasi tibbiy mexnat eksperti komissiyasi tomonidan nogironlik muddatiga qarab amalga oshiriladi. Boquvchisini yo‘qotganlik to‘g‘risidagi nafaqalar bolalarga 18 yoshga to‘lguniga  qadar tayinlanadi.

U.Bobomurodov
Paxtachi tuman pensiya jamg‘armasi

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM