Direktor o‘rinbosarligiga shtat birligi qanday ajratiladi?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq ta’limi vazirligining 406-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari hamda “Mehribonlik” uylari boshqaruv, texnik, xizmat kursatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunavpy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i 1-ilovasining 3-bandiga ko‘ra direktorning o‘quv ishlari buyicha o‘rinbosari shtat birligi sinflar soni:

7-10 sinf bo‘lganda 0.5 shtat birligi;

11-16 sinf bo‘lganda 1 shtat birligi;

17-22 sinf bo‘lganda 1 shtat birligi;

23-29 sinf bo‘lganda 1.5 shtat birligi;

30 va undan ortiq sinf bo‘lganda 1.5 shtat birligi deb belgilanadi.

 

Shuningdek, direktor o‘rinbosarlari shtat birligi qo‘shimcha ravishda:

- 40-49 sinf komplektlari bo‘lganda 0,5

birlikdan;

- 50 va undan ortiq sinf komplektlari bo‘lganda 1,0 birlikdan iborat shaklda belgilanadi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, direktor o‘rinbosarlarining shtat birligi maktabdagi sinflar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

 

Paxtachi tumani Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig’i:       A.Raxmatullayev.

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM