Hafta davomida harorat ba'zi joylarda +24 darajagacha ko'tariladi.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

12-15 fevral kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida fevral oyi o‘rtasi uchun quruq va juda iliq bo‘lgan ob-havo saqlanib turadi.

Harorat 12-13 fevral kunlari kechalari 3-8 iliq, kunduz kunlari 12-17 iliq bo‘ladi. 14-15 fevralda bundan ham iliq – kechalari 5-10 iliq, kunduz kunlari 19-24 iliq bo‘ladi. Bunday harorat foni fevral oyi o‘rtasi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 10-12 ga yuqoridir.

Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga 16 fevralda kelib chiqishi arktik bo‘lgan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 sovuq, kunduzi 3 sovuq-2 iliq bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 fevralda ba’zi joylarda 
15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. (https://hydromet.uz/uz/node/4451)

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM