
Assalomu alaykum hurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilar, hurmatli tumandoshlar!
Bugungi brifingimizning mavzusi Asosiy maqsad-adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida.
Hozirgi tarixiy davrda islohotlarning amalda samarali tatbiq etish, qabul qilinayotgan qonunlar, ayniqsa, Prezidentimiz Qaror va Farmonlarida belgilab berilayotgan vazifalarning so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash prokuratura organlaridan alohida mas’uliyat talab qiladi.
Bu borada tuman prokuraturasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilib borilmoqda.
Ta’kidlash joizki, 2022 yilda prokuror nazoratining barcha sohalarida o‘tkazilgan tadbirlar natijasi bo‘yicha 425 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanildi. Prokuratura aralashuvi bilan 66 ta noqonuniy hujjatlarga protestlar keltirildi, 62 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi.
Qonun buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga 103 ta taqdimnomalar kiritildi, qonun talablarini buzgan 80 nafar shaxslar intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortildi. Qo‘pol qonun buzilishlar yuzasidan 32 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Albatta, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga so‘zsiz rioya etishga, korrupsiya holatlarining oldini olishga bevosita bog‘liq.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek, bu borada jazoning muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tizimli tahlil qilish oldimizga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Tumanda korrupsiyaga oid holatlar yuzasidan qo‘zg‘atilgan 8 ta jinoyat ishlari bo‘yicha 17 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, jinoyat ishlari mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan bo‘lsa, ushbu shaxslarning 8 nafari mansabdor shaxslar hisoblanadi.
Korrupsiyaga oid bo‘lgan jinoyat sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning 9 nafari byudjet mablag‘larini yoki ajratilgan imtiyozli kreditlarni o‘zlashtirish, 3 nafari firibgarlik va pora berishga dalolat qilish kabi jinoyatlarni tashkil qilgan. Endi qolganlari boshka turdagi jinoyatlarni tashkil qiladi.
Misol uchun, mana AT “Xalq banki” mansabdor shaxslari xususan sobiq boshlig‘i Qoraboev va boshqa mansabdor shaxslari kedit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi xolatlari bo‘yicha bir nechta jinoyat ishlari tergov qilindi. Hozirgi kunda ularning ko‘pchiligi sud hukmi bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari ham tayinlangan.
Shu o‘rinda bir narsani qayd etish kerak, imtiyozli kreditlar ajratilgandan so‘ng ta’minotchi korxonalarga kredit shartnomasida ko‘rsatilgan talablar uchun hisob raqamiga o‘tkazib berilmoqda. Lekin ayrim holatlarda ta’minotchilar ko‘rsatilgan talablarni bajarmayapti, yoki bo‘lmasa pullarni naqdlashtirib berish holatlari ham mavjud. Mana shu jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida bir nechta ta’minotchi korxonalar ham javobgarlik tortildi. Buni o‘zlari juda yaxshi biladi. Ayrim kreditlarni kredit olgan fuqarolar bilmaydi. Mana shu kreditlarni ham keyin bank yoki ta’minotchi korxonalar qoplab holatlari ham bo‘layapti. Shu o‘rinda fuqarolarmizdan ham yaratib berilayotgan imkoniyatlardan kelib chiqib ajratib berilayotgan kredit mablag‘larini maqsadli ishlatishlarini so‘rab qolgan bo‘lardik.
E’tiboringizni tumandagi jinoyatchilik ahvoliga qaratmoqchiman. Tumanda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha jamoatchilik bilan hamkorlikda ko‘p ishlar qilinmoqda.
Biroq, shunga qaramasdan tumanda umumiy jinoyatchilik 353 tani tashkil etib, avvalgi yilga nisbatan 10,3 foizga ko‘paygan.
Jinoyatlarning 94 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan va 75 tasi aniqlanadigan jinoyatlar toifasiga kirib, har 100 ming aholiga 43,9 tadan to‘g‘ri kelgan.
Iqtisodiy, firibgarlik va giyohvandlik jinoyatlari oshgan, bir kunda 16 ta holatda giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlangan.
Og‘ir jinoyatlar 20 taga (51-71), o‘ta og‘ir jinoyatlar 1 taga (21-22), talonchilik 2 taga (2-4), firibgarlik 1 taga (38-39), yengil tan jarohat yetkazish 5 taga (20-25), giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar 9 taga (26-35) oshgan. Shuningdek, jinoyat sodir etgan shaxslar tahlil qilinganda, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 3 taga (2-5), yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 11 taga (60-71), muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 3 taga (15-18) oshgan.
Jinoyatchilikka qarshi kurashda asosiy e’tiborni mahallada sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olishga qaratdik.
Endi xamma narsa mahallada bo‘ladi. Agarda mahalladagi jinoyatlarni oldini olinsa, jinoyatchilikk xam keskin kamayadi.
Bundan tashqari o‘g‘irlik va boshqa jinoyatlarni oldini olish maqsadida hududlarni kameralashtirish ishlari olib borildi. Keyin yo‘l transport qoidalarini buzish oqibatida kelib chiqadigan jinoyatlarni oldini olish borasida ham muayyan ishlar olib borilmoqda. To‘g‘ri o‘tgan yilga nisbatan o‘lim bilan tugagan bunday hodisalar ozgina kamaygan. Lekin bitta qayd etilsa ham bu bitta insonni hayoti bilan bog‘liq.
Shu o‘rinda men fuqarolarimizni murojaatlariga xam to‘xtalib o‘tmoqchi edim.
Fursatdan foydalanib, kelgusida barchamiz qonun talablariga og‘ishmay rioya qilishimiz, xizmat vazifalarimizni vijdonan, mas’uliyat va tashabbuskorlik bilan bajarishimiz shart.
E’TIBORLARINGIZ UChUN RAHMAT!