"Sportni sev sport bilan yasha"

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tumanidagi 32- umumta’lim maktabi sport zalida Bolalar -o‘smirlar sport maktablari o‘rtasida "Sportni sev sport bilan yasha" shiori ostida stol tennis bo‘yicha 2007- 2012 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Samarqand viloyati birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari hamda barcha tuman jamoalari ishtirok etishdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra 1-o‘rin Samarqand shahri, 2-o‘rin Ishtxon tumani, 3-o‘rin Paxtachi tumani va Oqdaryo tumanlari egallashdi.
Faxrli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda medallar bilan takdirlandilar.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM