21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Paxtachi tumani hokimi M.Xamdamovning bayram TABRIGI

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Assalomu alaykum aziz tumandoshlar!

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 10-apreldagi “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi 615-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan “21 oktabr‒O‘zbek tili bayrami kuni” etib belgilandi.

Shu fursatdan foydalanib siz azizlarni o‘tgan asrlar davomida juda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va davlatchiligimiz rivoji uchun muhim bo‘lgan ushbu kun – O‘zbek tili bayramining 32 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, iftixori, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Til muloqot qilish uchun zarur, u o‘ziga xosligidan dalolat beradi, millatning ma‘naviy salohiyatini, o‘zligimizni belgilaydi. Jahon miqyosida fikrlarimizni namoyish etadi. Uni asrab avaylash esa har birimizni oldimizga qo‘ygan birinchi maqsadimiz bo‘lishi lozim.

Aziz tumandoshlar!

Yana bir bor barchangizni bugungi O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman.

Paxtachi tumani hokimi
M.Xamdamov

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM