Murojaatnoma

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Hurmatli fuqarolar!!!

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 51-moddasida “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar” deb hamda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushlarda 15 aprelga va 15 oktyabrga qadar to‘lashligi belgilangan.
Davlatimizning iqtisodiy tayanchi hisoblangan soliqlarning tuman byudjetiga to‘liq tushushini ta'minlashingiz farzandlarimizning sifatli ta'lim olishiga, bepul va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishiga, yo‘llarimizning ravon, uylarimiz shinam va yorug‘ bo‘lishiga, armiyamizning kuchli, chegaralarimiz mustahkamlanishini ta'minlashga, ota-onalarimizning nafaqalarini olishiga, kam ta'minlangan oilalar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishga o‘z hissangizni vaqtida qo‘shgan bo‘lasiz!!!

Bugun tumanimizda amalga oshirilayotgan ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari ham fuqarolarimiz tomonidan to‘lanayotgan soliqlar evaziga.

Hurmatli Paxtachiliklar Sizlardan, joriy yil 15 aprelga qisqa muddat qolayotganligi sababli, teng ulushlarda mol-mulk va yer soliqlaringizni to‘lashingizni so‘raymiz.

Tuman Moliya bo‘limi va tuman Davlat soliq inspeksiyasi