“Yobu” yangi mahalla binosiga ega bo‘lmoqda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tumani “Yobu” mahallasida 2201 nafar fuqarolar 827 oila bo‘lib, 432 xonadonda istiqomat qilib kelishmoqda.
Qutliyev Foziljon Hasanovich raisligidagi “Yobu” mahalla fuqarolar yig‘inida joriy yilda biron bir jinoyat va oilaviy ajrim qayd etilgani yo‘q. Mahalladan biron kishi horijga ishga ketgani yo‘q. Mahallada kambag‘al oilalar yo‘qligi sababli “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”da ish bilan band bo‘lmaganligi sababli ro‘yxatga olinganlar mavjud emas.
Yil boshida mahalladagi xonadonlarning 95,7%da issiqxonalar bo‘lgan bo‘lsa, 1-sektor rahbari M.Xamdamov ko‘magida 432 ta xonadonning barchasida 100% issiqxonalar qurildi.
“Yobu” mahallasi uchun zamonaviy sharoitlarga ega mahallasi binosi qurib bitkazildi.
Mahalla binosida yig‘inlar zali, kutubxona va mahalla xodimlari uchun alohida xonalar mavjud.
Bugun 26-iyul kuni Paxtachi tumani hokimi, 1-sektor rahbari M.Xamdamov mahalla binosida olib borilayotgan so‘nggi qurilish pardozlash ishlari bilan tanishdi.
“Yobu” mahallasining yangi binosi ushbu hafta oxirigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirligan.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM