Joriy yilning 8 sentyabr kuni Paxtachi tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari Paxtachi tumani ichki ishlar xodimlari ishtirokida Ekopolisiya faoliyati boshladi.
Mahalla fuqarolar yig‘inlari va keng jamoatchilik bilan sohaga doir xuquqiy xujjatlar ijrosini ta’minlanish yuzasidan targ‘ibot tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda ko‘zatuv davomida tumanning Tinchlik mahallasi hududida S.Z. Zarafshon daryosini suvini kechib suvni ifloslantirilganligi aniqlandi.
Mazkur xolat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 72-moddasi 1-qismiga binoan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jarimaga tortildi.