Issiqxona kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kimyoviy kurash

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bodring un shudring, o‘rgimchakkana, oqpashsha va bitlardan kuchli zararlanadi.

Bularga qarshi oltingugurtli preparatlar (ISO 0,75-10 darajali eritmasi, oltingurgurt kukuni gektariga 10-12 kg, 25 % li Applaud 0,1 % li eritmasi, 10 % li Danitol (2 l), 5 % li Sumi-alfa (0,5 l), Tilt va Topaz 0,1 % li eritmasini, 40 % li Kroneton (0,6-1,0 kg) qo‘llash samaralidir.

Yig‘ish. Bodring unib chiqqanning ellik-oltmishinchi kuni birinchi marta; so‘ngra har 3-5 kunda, hatto 1-2 kunda ham, jami 15-20 martagacha terib olinadi.

Pomidor va bodring o‘simligida "Sitrus oqqanot", "Sitrus inli kuya",  Pomidor kuyasi" kabi zararkunandalar hamda "Pomidorning jigarrang bujmayish virusi" (Tomato brown rugose fruit virus-ToBRFV), “fuzarioz so‘lish” kasalligi ham issiqxonalarda,  ham ochiq dalalarda uchraydi. Pomidor va bodring o‘simligida uchraydigan “fuzarioz so‘lish” kasalligi bilan kasallanganda zararlangan urug‘, urug‘barg va yosh nihollar butunlay chirib ketadi. Kasallik o‘simlikning pastki barglari, ko‘pincha bir tomondan sarg‘ayishi va o‘simliklar so‘lg‘in bo‘lib qolishidan boshlanadi. So‘lgan barglar quriydi, biroq tushmasdan, novdalarda osilib qoladi. Novdalar ham o‘simlikning bir tomonida so‘lishi mumkin, keyinchalik butun o‘simlik so‘ladi. Novdalar ustida sariq chiziqchalar paydo bo‘ladi. Zararlangan o‘simliklar so‘lishdan oldin zaiflashadi va bo‘yi juda past bo‘lib qoladi. Bu kasllikni qozg‘atuvchi zamburug‘ issiqsevar organizmdir.

 

Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqamasi

Paxtachi tuman agronom inspektorlari:

A.Zulfiqorov, N.Turaqulovlar, S.Norbutaev,

F.Parmonov, A.Abdunabiev.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM