Brifing:2022-yil davomida tumanga qancha investisiya kiritildi va kelgusida rejalar

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

    Ma’lumki, mamlakat iqtisodiyotining taraqqiyoti bevosita investisiyalar oqimiga bog‘liq. Bu borada Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga joriy etish, tumanimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investisiyalarni jalb qilish hamda investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Barchamizga ma’lumki qaysi davlat faol investisiya siyosatini yuritgan bo‘lsa o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investisiya tizimi mamalakatimizning rivojlanishi va taraqqiy etishida,  dunyodagi yetakchi davlatlar singari yuksak marralarga erishishda katta yordam beradi.
Yaratilgan sharoit va afzalliklar mahalliy hamda investorlarni tumanimizga bo‘lgan qiziqishi yildan yilga oshib borishiga, ular tomonidan iqtisodiyotimizga kiritilayotgan investisiyalarning hajmini ko‘payishiga omil bo‘lmoqda. 
2022 yilda amalga oshirilgan hududiy investisiya dasturlar doirasida 512 ta ish o‘rinlari yaratildi. 
Tumanda  2022 yil  holatiga qiymati 115 mlrd so‘mlik investisiya loyihalari o‘zlashtirilib  26 ta loyiha amalga oshirildi. Misol uchun, (1) "Madina Savdo Belgisi" XK tomonidan qiymati 7,0 mlrd.so‘mlik “Temirbeton va beton mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish” loyihasi, (2) "Paxtachi Rodnik yog‘"MCHJ tomonidan qiymati 16,0 mlrd.so‘mlik “O‘simlik yog‘i va margarin” loyihasi bolib hozirgi kunda Respublikamizning qo‘shni davlatlariga eksport qilmoqda va yana bir eng ahamiyatli loyihalarimizdan bittasi tumanimizning “Amirobod” MFY hududidan "Ziyovuddin Medical Grant Servis" MCHJ tomonidan qiymati 18,0 mlrd.so‘mlik “Tibbiy diyagnostika va davolash maskani”ni tashkil etish loyihasi amalga oshirilib aholimizga foydalanishga topshirildi. Ushbu  klinikamizda Nevropatalog, Kardiolog O‘ZI Fizioterapeft Vrachlari faoliyat yuritmoqda,  O‘ZI, EKG, va Laboratoriya tekshiruvi va shu soha bo‘yicha vrachlar ham faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Kelgusi 2023 yilda tumanimizga 50 mln dollarlik investisiya kiritish rejalashtirilgan bo‘lib reja asosida ishlar olib borilmoqda O‘zbekiston Respublikasining 2023 - 2025 yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-459-son qarori bilan tasdiqlangan qiymati 9 mln dollarlik 2 ta loyihalar amalga oshirilishi hisobiga, 5,5 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.
Tashqi savdo, investisiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qarori bilan 2023 yil uchun tasdiqlangan xududiy dasturlarga muvofiq  32 ta loyihalar amalga oshirilishi hisobiga qiymati 34,4 mln dollarlik investisiyalar  o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.
          Paxtachi tumanining mavjud salohiyatlaridan kelib chiqib, hamda “Loyiha guruhlari”ning faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygan holda qo‘shimcha 10,1 mln dollarlik investisiyalarni olib kelish ta’minlanadi.
         Tumanning investisiya muhitini yaxshilash hamda xorijiy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hamda ilg‘or texnalogiyalarni jalb etish, yangi bozorlarga olib chiqish orqali eksport hajmlarini ko‘paytirish va geografiyasini kengaytirish maqsadida tuman delegasiya azolarining chet el yani Turkiya, Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari mamlakatlariga xizmat safariga borishi rejalashtirilgan.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM